
Murabbiy: Habib Getjini chiroyli tarzda engsa, unda shogirdimga qarshi jang qilish imkoni paydo bo‘ladi
UFC ikki divizionining sobiq chempioni Jorj Sen-Perning murabbiyi Firas Zaxabi o‘z shogirdi va promoushenning engil vazn toifasidagi chempion Habib Nurmagomedov o‘rtasida jang tashkil etilishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Jorj uchun Habibga qarshi jang oktagonga qaytishga yagona sababdir. Barchamiz Habib Getjini mag‘lub etishini kutyapmiz. Agar u buni chiroyli tarzda amalga oshirsa, unda Jorjga qarshi jang qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Agar u past saviyada jang qilsa yoki mag‘lubiyatga uchrasa, Jorj Habibga qarshi jang qilmaydi.
Hozircha, Sen-Per - Nurmagomedov jangini amalga oshirish ehtimoli 50 foizga teng," - dedi Zaxabi.
Fikrlar