
Murabbiy tish pastasi tufayli bir o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Augsburg" bosh murabbiyi Xayko Xerrlix karantin qoidasini buzdi va shu bois, 16 may kuni jamoasining "Volfburg"ga qarshi kechadigan uchrashuvini maydon chetida kuzata olmaydigan bo‘ldi.
Xerrlix tish pastasi va qo‘l uchun maxsus krem sotib olish maqsadida mehmonxonani tark etib, do‘konga chiqqan edi.
"Men mehmonxonadan chiqib xato qildim. Mehmonxonadan chiqishda barcha gigiena choralariga rioya qilgan bo‘lsam-da, bu vaziyatni to‘g‘rilay olmayman", - dedi 48 yoshli mutaxassis.
"U yaqin bir necha kun ichida koronavirus uchun test topshiradi. Ketma-ket ikkita manfiy natija chiqqan taqdirdagina u "Augsburg" bilan mashg‘ulotlarni davom ettira oladi", - deya xabar bermoqda klubning "Twitter"dagi rasmiy sahifasi.
Fikrlar