
Murod Bobojonov normativdan o‘ta olmagani uchun birinchi turni o‘tkazib yuboradi
Qishki yig‘in chog‘ida "Neftchi" safiga qaytgan xorazmlik hujumchi Murodbek Bobojonov "Nasaf"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘tgan mavsumda "Loko" safida to‘p surgan Bobojonov toshkentliklarning yig‘inida jarohat olgandi va salomatligi hali to‘liq tiklanmasdan "Neftchi"ning Toshkentdagi yig‘iniga qo‘shildi. Futbolchi jamoaning nafaqat Toshkentdagi balki chempionat startiga qadar bo‘lib o‘tgan barcha mashg‘ulotlarida to‘liq ishtirok etmadi. Shu sabab o‘yinchi mavsumning ilk turini o‘tkazib yuboradi. O‘yinchida jarohat borligi uchun uning normativ testlari muvaffaqiyatli natija bermagan. Murod Bobojonov jarohatdan tiklangach normativ testlarni qaytadan topshiradi
Fikrlar