Murod Otajonov: "Menimcha, durang o‘yinga mos bo‘ldi"

  • 6 may, 2023, 23:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Olimpik” (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Murod Otajonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
- O‘yin bizga manzur keldi. Shunday o‘yinlar ko‘p bo‘lsa, biz uchun ham foydali hisoblanadi. Bizda etarlicha vaziyatlar yuzaga keldi. Menimcha, durang o‘yinga mos bo‘ldi. Uchrashuv avvalida o‘yinga moslashish qiyin bo‘ladi. Ikkinchi bo‘limda esa vaziyat o‘zgaradi. O‘zgarishlar ham bunga ta’sir qilmoqda. Futbolda fonogramma bo‘lmaydi, shu bois, nima voqea bo‘lishini oldindan bilib bo‘lmaydi. 

Tecno

Yuta olmayapmizmi, demak, muammo bor. Vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha muammolar bor. O‘yinda vaziyatlarimiz bo‘ldi, ulardan foydalana olganimizda g‘alaba qozonar edik. Davron Ergashevning o‘rnini bosish uchun himoyada rotatsiya qilishga majburmiz.

“Bunyodkor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!