Murodjon Ahmadaliev WBA reytingida 1-o‘ringa ko‘tarildi, o‘zbekistonlik bokschilar o‘rinlari bilan tanishing

  • 1 sentabr, 2023, 14:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boks tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) avgust oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘zbek bokschilari quyidagi o‘rinlarda qayd etilgan:

Tecno

Super o‘rta vazn (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziev o‘tgan oydagi 6-o‘rindan 1 pog‘ona pastladi va 7-o‘ringa joylashtirildi,

Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin,

Yarim o‘rta vazn (66,6): Shahram G‘iyosov 2-o‘rin, 

Super engil vazn (63,5 kg): Botir Ahmedov o‘tgan oydagi 4-o‘rindan 6-o‘ringa tushdi,

Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 1-o‘rin,

Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev 2-o‘rindan 1-o‘ringa ko‘tarildi,

Minimum vaznda (47,6 kg) qayd etilgan Hasanboy Do‘smatov 2-o‘rinda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!