Murodjon Ahmadalievning vaznidagi WBO va WBC chempioni Stiven Fulton vazn ko‘tarmoqda. Uning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 11 yanvar, 2023, 11:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBO va WBC chempionlik kamarlari egasi Stiven Fulton (21-0, 8KO) navbatdagi jangini bitta yuqori bo‘lgan yarim engil vaznda (57,1 kg) o‘tkazadigan bo‘ldi. 
 
25 fevral kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Minneapolish shahridagi "The Armory" arenasi mezbonlik qiladigan jangda Fultonga sobiq jahon chempioni Brendon Figeroa (23-1-1, 18KO) raqiblik qiladi. Yarim engil vaznda WBC vaqtinchalik jahon chempionlik kamari tikilgan ushbu to‘qnashuv revansh maqomida bo‘lib o‘tadi. 
 
Ular 2021 yilning 27 noyabrida o‘zaro to‘qnash kelishgan va jangda Fultonning 116-112 (2 ta), 114-114 hisobidagi g‘alabasi ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lgan edi. 
 
Eslatib o‘tamiz, birinchi yarim engil vaznda (55,3 kg) WBA va IBF kamarlari hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga tegishli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!