
Musiala, Bellingem va boshqalar! Evrolarda harakat qilgan eng yosh futbolchilar
“Evro-2024” yaqinlashmoqda. Terma jamoalar qaydnomalarini chiqarmoqda. Agar Lamin Yamal turnirda ishtirok etsa, u butun Evropa chempionatlari tarixidagi eng yosh futbolchiga aylanadi. Keling, tarixiy voqeadan oldin hozirgi rekordchilarni esga olamiz:
5. Jamal Musiala (Germaniya; 18 yosh, 117 kun)
Musiala Angliya yoshlar terma jamoasida to‘p tepgan, ammo keyinchalik o‘zi tug‘ilgan Germaniya terma jamoasida o‘ynashga qaror qilgan. “Bavariya”ning yosh iqtidori Germaniya terma jamoasi safida 2021 yilning mart oyida Islandiyaga qarshi jahon chempionati saralash o‘yinida debyut qilgandi. Shundan so‘ng u "Evro" turniri uchun tarkibdagi o‘rnini mahkamlab qo‘ydi. Uning Germaniya terma jamoasi bilan "Evro"dagi debyuti Vengriyaga qarshi uchrashuvda bo‘lgan.
4. Entso Shifo (Belgiya; 18 yosh, 115 kun)
Belgiya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi Entso Shifo terma jamoa safidagi debyutini “Evro-1984”dan oldin o‘tkazilgan Vengriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazgan va shu yilgi musobaqa uchun tarkibga kiritilgan. Futbolchi turnirda "Yugoslaviya" terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabada katta hissa qo‘shgan.
3. Yetro Villems (Niderlandiya; 18 yosh, 71 kun)
"Nyukasl"ning sobiq qanot himoyachisi Yetro Villemsga terma jamoa tomonidan katta umid bildirilgan. Niderlandiya terma jamoasi futbolchiga "Evro-2012" uchun chaqiruv jo‘natgan. Yosh futbolchi turnirda guruh o‘yinlarining barchasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Afsuski, Niderlandiya pley-offga chiqa olmadi.
2. Jud Bellingem (Angliya; 17 yosh, 349 kun)
“Evro-2020” musobaqasi uchun Angliya terma jamoasi "Borussiya Dortmund" klubidan 17 yoshlik yarimhimoyachi Jud Bellingemni ham tarkibga jalb qilgan. Turnirda futbolchi 3 marotaba zaxiradan maydonga tushgan, Angliya terma jamoasi esa finalgacha etib bora olgan.
1. Kasper Kozlovski (Polsha; 17 yosh, 246 yosh)
Polshalik markaziy yarimhimoyachi hozirgi kungacha Evro musobaqasida maydonga tushgan eng yosh futbolchi nomini saqlab kelmoqda. U bu maqomga “Evro-2020”musobaqasida guruh bosqichidagi Ispaniya va Shvetsiya terma jamoalariga qarshi o‘yinlari orqali erishgan.
Fikrlar