Musiala Germaniyaning sentyabr oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi

  • 8 sentabr, 2023, 08:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" yarim himoyachisi Jamal Musiala Germaniya terma jamoasining sentyabr oyidagi o‘yinlarida termaiga yordam bera olmaydi. Bu haqda myunxenliklar jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Qayd etilishicha, futbolchi bel qismidagi jarohatdan tiklanishda davom etmoqda, shu sababli u terma jamoa joylashgan joyga kela olmaydi.

20 yoshli yarim himoyachi Germaniya terma jamoasi safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, "nemis mashinasi" 9-sentyabr kuni Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazsa, 12-sentyabr kuni Frantsiyaga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!