Mutaxassis: “Srechko Katanets Rossiya bilan o‘yinashni istamagan edi, ammo”

  • 19 aprel, 2023, 15:36
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasining markaziy osiyo kubogida ishtirok etmasligi borasida rasmiy xabar e’lon qilingach, ko‘plab mutaxassislar o‘z fikrini bildirdi. Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev bundan mustasno emas. Ayni damda, xalqaro maydonda faoliyat olib borayotgan vatandoshimizning aytishicha, Rossiyaning O‘zbekiston bilan o‘ynagani Srechko Katanetsning g‘ashini keltirgan ekan:

Tecno

nikinbaev23

“Ruslarning  Markaziy Osiyo chempionatida ishtirok etishdan bosh tortgani oddiy qaror xolos.

Uning nima sababdan sodir bo‘lgani, taklif rad etilganini ahamiyati yo‘q. Rossiya futbol ittifoqi og‘ziga kelgan gapni gapirishi mumkin. Issiq klimat, zich taqvim, jamiyatning turnirga negativ munosabati. Ayni damda, bahonalarning qay biri e’lon qilinishi muhim emas.

Xo‘sh, unda nima muhim? Rossiya futbol ittifoqi turnirda ishtirok etish uchun rasmiy xat bilan chiqqan, ammo yakunda kontrakt imzolashdan bosh tortdi. Eng qizig‘i, xat yuborilgach, berilgan muddatdan 3 hafta o‘tib RFI o‘z rejalari o‘zgarganini e’lon qildi. Aslida, CAFA 1 aprel sanasidayoq (Odamlar hazil deb o‘ylamasin degan ma’noda 2 aprel varianti ham bor) Rossiyani musobaqadan chiqarib yuborishi lozim edi.

Ular o‘zlarini begonalardek tutish o‘rniga, tarix va qadrdonlikka ishonib qolishdi. Ya’ni, ular kecha tungacha sabr bilan kutishdi. Barcha qilinishi kerak bo‘lgan navbatdagi qadamlarni bir chetga surgan xolda sabr qilishdi. Homiy izlash, qur’a tashlash, taqvimni e’lon qilish, TV bilan hamkorlik kontraktlari, boshqa jamoani taklif etish o‘rniga, Rossiyani kutib turishni afzal ko‘rdi.

To‘g‘risi, Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionatida tarkibiga kiruvchi biror bir federatsiyani RFI huddi shunday sabr bilan taklifini kutishini tasavvur ham qila olmayman. Manbalarimga tayinib shuni aytishim mumkin-ki, Srechko Katanets Rossiya termasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishni istamagan. Shunga qaramay, noyabrdagi bahs bo‘lib o‘tishi uchun siyosiy tomondan bosim bo‘lgan.

Seni hurmat qilganlarni hurmat qilish adolatdan bo‘ladi. Markaziy Osiyo chempionati 2023-yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadi. Rossiya terma jamoasi ishtirok etmasa ham.",- deb yozadi Alisher Nikimbaev o‘z telegram kanalida.

Katanets23

Eslatib o‘tamiz, hozircha turnirda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Eron, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston terma jamoalari ishtirok etishi aniq bo‘lib ulgurgan. Turnir  9-21 iyun kunlariga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!