
MYu 16 yoshli futbolchini 10 mln evroga sotib oldi
Frantsiyaning "Amen" klubi hujumchisi Noam Emeran faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda RMC nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mankuanliklar 16 yoshli futbolchi uchun frantsuz klubiga 10 mln evro to‘lashadi. Qayd etish lozimki, MYu bu borada "Yuventus", "Valensiya", PSV hamda "Everton" klublarini ortda qoldirishga erishdi.
Ma’lumot uchun, Emeran Frantsiya o‘smirlar terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar