MYu armonda qoldi

  • 16 sentabr, 2020, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” orzusidagi futbolchi Jek Grilishni yozgi transferlar vaqtida sotib ololmaydigan bo‘ldi.

Iste’dodli yarim himoyachi manchesterliklar qatori boshqa grandlarning rasmiy taklifini kutib o‘tirmadi. U “Aston Villa” bilan yangi shartnoma imzolab, faoliyatini shu klubda davom ettiradigan bo‘ldi.

Yangi imzolangan 5 yillik shartnomaga muvofiq, 25 yoshli futbolchi haftasiga 125 ming funt maosh oladi. O‘tgan mavsumda Grilish 36 ta uchrashuvda sakkizta gol urib, oltita golli pas berganidan keyin bir necha klublar nishoniga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998915993686
10/11/2020 23:58
Ana aytmadimmi. Ex MYU qachon qaytasan. Chaqmoqdek yondredigon bòlib.