MYu "Bavariya" yulduziga kattaroq maosh bermoqchi. Unga "Real" haridor!

  • 23 iyul, 2021, 18:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” yarim himoyachisi Leon Goretska faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirishi mumkin.

Tecno

“Sport Bild” nashrining ma’lum qilishicha, klub va futbolchi yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Shu bois, uni sotib olmoqchi bo‘lgan jamoalar ham faollashib qoldi. “Manchester Yunayted” bu borada etakchilardan biri.

Xabarlarga qaraganda, “qizil iblislar” 26 yoshli futbolchiga hozirgidan ko‘proq maosh to‘lashga tayyor. Tez orada manchesterliklar Goretskaning agenti bilan muzokarani boshlashi mumkin. Avvalroq, “Real” Leonni kelasi yil erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchiligi taxmin qilingandi.

Germaniyalik yarim himoyachi joriy mavsum “Bavariya” safida 32 o‘yinda maydonga tushib, 8 gol va 7 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!