MYu birato‘la uchta yarim himoyachi sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishga umid qilmoqda. Avvalroq, OAV manbalari "qizil iblislar" uchta asosiy transfer maqsadi borligi haqida xabar bergandi. Bular "Kristal Pelas"dan Adam Uorton, "Nottingem Forest"dan Elliot Anderson, "Brayton"dan esa Karlos Baleba.
"TEAMtalk" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, MYu uchala futbolchini ham o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Umuman olganda, Amorim jamoasi buning uchun 250 million funtdan voz kechishga tayyor.
Bunday yirik xarid uchun klub bir necha qimmatbaho futbolchilar bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Manchester klubi Brunu Fernandesh, Kazemiro va Markus Reshfordni sotishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, APLning 12-turida Amorim shogirdlari o‘z uyida "Everton"ni qabul qiladi. Bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

Fikrlar