MYu bor e’tiborini "Brendford" yulduziga qaratdi

  • 24 iyun, 13:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024/25 yilgi mavsumni omadsiz tarzda yakunlagan "Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishga jiddiy bel bog‘ladi. Klub e’tiborini "Brentford" vingeri Brayan Mbyomoga qaratgan.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda "qizillar" kamerunlik  futbolchi uchun yangi taklif yuborgan va unda 60 million evro berishga tayyor ekanligi ko‘rsatilgan. Klublar o‘rtasida muzokaralar yakuniy pallaga etib kelmoqda va hammasi ijobiy tarzda davom etmoqda. Mbyomoning o‘zi ham "Manchester Yunayted"ga o‘tishni istayotgani ma’lum.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda "arilar" safida umumiy 42 o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol hamda 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Ulug‘bek Hoshimov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!