
MYu braziliyalik hujumchi bilan kelishuvga erishdi
"Manchester Yunayted" o‘z tarkibiga "Vulverxempton" futbolchisini qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda "Goal" nashri ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, "qizil iblislar" hujumchining o‘zi bilan kelishuvga erishgan va "bo‘rilar"ga Kunya uchun 73.2 million evro to‘lashga rozi. Mateus rasman yozda jamoa bilan shartnoma imzolaydi.
Malumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum APLning 28 ta bahsida ishtirok etib, raqib jamoalari darvozasini 14 marotaba ishg‘ol qilgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar