MYu: Bu superfutbolchini olmasak bo‘lmaydi!

  • 14.04.2021 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati yana Jeydon Sancho transferi masalasiga qaytgan.

Manchesterliklar yozda tarkibni sezilarli darajada kuchaytirish uchun mablag‘ni ayamoqchi emas. Muxlislar jamoaning Angliya premer-ligasida chempionlik va Evropa Chempionlar ligasila bosh sovrin uchun kurashishini talab qilmoqda.

“Manchester Yunayted” o‘tgan yili “Borussiya” mutasaddilari Sanchoning transferiga ko‘ndira olmagan edi. Angliyaning futbolchini 110 million evrodan yuqori baholagan dortmundliklar “Manchester Yunayted”ning bu summani bo‘lib to‘lash taklifini qabul qilmagan.

Bu gal inglizlar Bundesliga vakilini transferga ko‘ndira olishiga ishonmoqda. Chunki nemis klubi yozda Sanchoni sotishini bildirgan. Qolaversa, “Borussiya” Chempionlar ligasining yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, moliyaviy qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Shu bois, Sanchoni sotib yuborish eng to‘g‘ri variant.

“Borussiya” iste’dodli yarim himoyachi uchun bu yil ham kamida 110 million evro talab qiladi.

Sancho joriy mavsumda Bundesligada 21 ta uchrashuvda oltita gol urdi va jamoadoshlariga 9 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!