MYu "Chelsi" yulduzini safga qo‘shib olmoqchi

  • 26 aprel, 15:52
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" "Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmerga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "GiveMeSport" nashri xabar berdi.

Manbaning "The Independent" jurnalisti Migel Delaniga tayanib xabar berishicha, MYu yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni istaydi, biroq, hozircha buning iloji yo‘q. Sababi, "Chelsi" futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas.

Agar Palmer erkin agent bo‘lganida, "Yunayted" unga taklif berishga tayyor edi.

Ma’lumot uchun, Koul joriy mavsumda APLning 32 ta o‘yinida ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!