MYu Chempionshipga tushib ketsa, jamoaga "og‘iridan keladi"

  • 2 yanvar, 18:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Agar MYu Premer-ligadan tushib ketsa, "Adidas" klub bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin. 

"The Telegraph" xabariga ko‘ra, kelishuvda quyidagi ban bor: Agar klub oliy divizionda ishtirok etmasa, nemis kompaniyasi to‘lovlarni ikki baravarga - yillik 90 million funtdan 45 milliongacha kamaytirish huquqi bor. 

2023 yil iyul oyida mankunialiklar va "Adidas" eski shartnomani yangilab, 10 yilga 900 million funt evaziga yangi bitim tuzgandi. Klub ushbu summaning 750 millionini olishga ulgurgan. 

19-turdan so‘ng "qizil iblislar" Premer-ligada 14-o‘rinni egallab turibdi. "Xavfli zona"dan ularni 7 ochko ajratib turibdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!