MYu darvozaboni raqib jamoaga o‘tib ketadi

  • 6 sentabr, 2020, 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Darvozabonlar masalasida muammoga duch kelayotgan “Chelsi” rahbariyati “Manchester Yunayted” golkiperi Serxio Romeroni olishni rejalashtiryapti.

Tecno

Manchesterliklar safida maydonga tushish imkoniyatini tobora pasayib borayotgan argentinalik darvozabonning transfer narxi 10 million funtni tashkil qilmoqda.

Avvalroq, londonliklar dunyoning eng qimmat darvozaboni bo‘lgan Kepa Arrisabalaga o‘rniga boshqasini olib kelmoqchi edi. Biroq ispaniyalik darvozabon klub rahbariyatini kelasi mavsum uchun ham imkon berishlariga ko‘ndirdi.  

Shuning uchun 33 yoshli Serxio Romero ham zaxira darvozaboni vazifasiga taklif etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!