MYu darvozaboni uchta klubdan taklif oldi

  • 23 noyabr, 2020, 21:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Katta umidlar bilan “Manchester Yunayted”ning yangi shartnomasini qabul qilgan Din Xenderson o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyatga ega bo‘lmadi. Sulsher o‘yinlarda asosan David de Xeaga ishonch bildirmoqda. Xenderson  bu mavsumda uchta uchrashuvda maydonga tushdi xolos.

Evropa chempionatida qatnashish uchun Angliya terma jamoasidagi o‘rnini saqlab qolishga intilayotgan Xendersonga zudlik bilan o‘yin amaliyoti kerak. Shuning uchun 23 yoshli darvozaban qishda klubni tark etishga qaror qilgan.

Ayni paytda Din Xendersonga premer-liganing “Lids” va “Brayton”,  chempionshipning “Bornmut” jamoasidan aniq takliflar bor. Bu jamoalar yangi yilga yaqin Xendersonni ijaraga olish bo‘yicha muzokaraga kirishadi.

Ibrohimovich “Milan”da birorta futbolchi uddalay olmagan ishni bajardi

“Siti” “Barsa”ning yo‘lini to‘sib qo‘ymoqchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!