
MYu Donnarummani sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi "Milan" darvozaboni Janluiji Donnarummani sotib olish haqida o‘ylay boshladi.
Corriere della Sera tarqatgan xabarga qaraganda “qizil iblislar” bu masala yuzasidan 20 yoshli italiyalik posbonning agenti Mino Rayola bilan bog‘lanishgan. Ma’lumotlarga qaraganda “rossonerilar” ushbu futbolchining transferi uchun MYudan 60 mln evro so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Milan” Chempionlar ligasiga chiqa olmagach, UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun Donnarummani sotib yuborishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etish lozimki, Donnarumma endigina 20 yosh bo‘lishiga qaramay A Seriyada 142ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar