
MYu engilmas jamoaga aylanish uchun Bundesliganing uchta yulduzini transfer qiladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yuksak sovrinlar uchun kurashish uchun tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirmoqchi.
Manchesterliklar buning uchun “Borussiya”ning uch nafar etakchi futbolchisini olib kelishni rejalashtirgan.
Insayderlar tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, Sulsher o‘z shogirdlari orasida himoyachi Manuel Akanji, yarim himoyachi Jeydon Sancho va hujumchi Erling Xolandni ko‘rmoqchi. Bular orasida norvegiyalik to‘purar asosiy nishon hisoblanadi.
“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari bu transferni amalga oshirishda rokirovkadan ham foydalanmoqchi. Xususan, ular dortmundliklarga Angliya futbolida o‘z o‘rnini topa olmagan niderlandiyalik yulduz Donni van de Bekni taklif qilmoqda.
“Borussiya” rahbariyati inglizlarning taklifiga munosabat bildirgani yo‘q.
Fikrlar