MYu e’tiborini Umtitiga qaratmoqda

  • 31 iyul, 2019, 09:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Barselona" himoyachisi Samuel Umtitining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 25 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun 50 mln evro to‘lashga tayyor. Gap shundaki, mankuanliklar uni 101 mln evroga baholanayotgan “Lester” himoyachisi Xarri Maguayrga muqobil sifatida qarashmoqda. Bundan tashqari, MYu asosiy himoyachilaridan biri hisoblangan Erik Bayini ham 4-5 oyga yo‘qotdi.

Eslatib o‘tamiz, Umtiti o‘tgan mavsumning asosiy qismini jarohatidan davolanishga sarfladi va bor yo‘g‘i 15ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!