MЮ futbolchisi faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin
"Barselona" yozda himoya chizigʻini kuchaytirish maqsadida "Manchester Yunayted" futbolchisi Lisandro Martinesni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.
"CaughtOffside" nashri bergan maʼlumotga koʻra, "Barselona" klubi rahbariyati agar futbolchini narxi maʼqul kelsa, transferni amalsa oshirmoqchi. "Qizil iblislar" esa himoyachi sotuvidan 55 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
28 yoshli futbolchining hozirda transfer bozoridagi narxi 35 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha moʻljallangan.
Maʼlumot uchun, argentinalik himoyachi 2022 yildan beri MYu safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 105 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻyishga erishdi.

Fikrlar