
MYu futbolchisi karantinga olindi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard o‘z-o‘zini yakkalash tartibiga o‘tdi. Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
"Lingard koronavirus yuqtirib olgan bemor bilan muloqotda bo‘lganligi uchun karantinga olindi," - deya ta’kidladi murabbiy.
Ma’lumot uchun angliyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda ikkita o‘yinda maydonga tushdi.
"Qizil iblislar" bugun oqshomda EChL guruh bosqichi doirasida "Istambul Beshekshexir" bilan bahs olib boradi.
Fikrlar