MЮ futbolchisi Turkiyaga yo‘l olishi mumkin

  • 29.12.2025 19:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Galatasaroy" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Manuel Ugarteni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi.

"Fotomac" nashri bergan maʼlumotga koʻra, Turkiya grandi futbolchini 25 million yevroga sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Hozirda Manuelning xizmatlariga "Napoli" va "Lyon" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Urugvaylik futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. 

Eslatib oʻtamiz, 24 yoshli havbek joriy mavsum Amorim qoʻl ostida 12 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!