"MYu" futbolchisi uchun mavsum tugadi
“Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Lyuk Shou “Suonsi” bilan bo‘lgan bahsning 10-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etgan edi.
Tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, “qizil iblislar” mavsumning qolgan qismini Shousiz o‘tkazadigan bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Shou kamida to‘rt hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Bu uning Angliya chempionatida boshqa maydonga tusha olmasligini anglatadi. Shuningdek, “MYu” Evropa Ligasi finaliga (24 may) chiqa olsa, bu o‘yinda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.
Joze Mourino shogirdlari yarim finalda Ispaniyaning “Selta” klubi bilan kuch sinashadi.



Fikrlar