
MYu futbolchisi yozda London klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin
Londonning "Vest Xem" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Aaron Uan-Bissaka atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda. Football Insider xabariga ko‘ra, "bolg‘achilar" joriy mavsum yakunida ham APLda qolsa, angliyalik futbolchini o‘z jamoasiga taklif qilishga tayyor. Devid Moyes boshqaruvidagi jamoa esa hali ham Premer-ligadan tushib ketish xavfi ostida qolmoqda.
O‘z navbatida Bissaka «Manchester Yunayted» tarkibidagi raqobatda portugaliyalik Diogu Dalotga imkoniyatni boy beryapti. Bundan tashqari, mankunianliklar boshqa o‘ng qanot himoyachisi izlamoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, 25 yoshli futbolchi mavsum yakunida MYuni tark etishga va o‘ziga yangi jamoa qidirishiga to‘g‘ri keladi.
Bundan avvalroq, "Manchester Yunayted" o‘z futbolchisi bo‘yicha takliflarni tinglashga tayyorligi haqida xabar berilgan edik. Van Bissaka uchun “Vest Xem”dan tashqari Londonning yana bir klubi – “Kristal Pelas” ham da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar