MYu hujumchisi navbatdagi uchrashuvda ishtirok etmaydi. Bu haqida Amorim ma’lum qildi

  • 26 sentabr, 20:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Amad Diallo Angliya Premer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan "Brentford"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.

Tecno

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Diallo uchun hozir og‘ir payt. U uchun futbol hozir muhim emas. Biz ushbu o‘yinni Amadning ishtirokisiz ham yuta olamiz. Uning uchun g‘alaba qozonishni xohlaymiz", – dedi Amorim.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining oila a’zolaridan biri vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, "Brentford" – "Manchester Yunayted" uchrashuvi 27 sentyabr kuni soat 16:30'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!