MYu iste’dodlar fabrikasidagi vunderkindni oladigan bo‘ldi

  • 23 oktabr, 2020, 20:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Sporting” jamoasining 16 yoshli yarim himoyachisi Luish Gomeshni qo‘lga kiritish uchun 14 million funtdan voz kechishga tayyorligini bildirdi.  

Tecno

Iste’dodli futbolchining o‘yin uslubini mashhur yulduz Luish Figunikiga qiyoslashmoqda. Avvalroq, Luish Gomesh lissabonliklar bilan besh yillik shartnoma imzolagan edi.

Shu o‘rinda, manchesterliklar “Sporting” bilan yaxshi munosabatga ega. “Manchester Yunayted” lissabonliklar tarbiyalagan bir necha futbolchilarni o‘z tarkibida o‘ynatgan. Xususan, Krishtianu Ronaldu, Nani va Brunu Fernandesh iste’dodlar fabrigasiga aylanib qolgan “Sporting”dan olib kelingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!