
MYu jahon chempionlarini ikki bor ranjitgan Vegxorstni o‘z safiga qo‘shib oldi
"Fenerbaxche" safida to‘p tepadigan, transfer huquqi "Byornli"ga tegishli bo‘lgan Vout Vegxorst "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
"Qizil iblislar" turk klubiga 3 million evro to‘laydi, so‘ng futbolchini "Byornli"dan ijaraga oladi. Vegxorst tez orada Manchesterga uchib keladi va tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Shundan so‘ng rasmiy xabar e’lon qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, Vout Qatardagi jahon chempionatida Argentinaga qarshi bahsda dubl muallifi bo‘lgandi.
Fikrlar