
MYu karantin qoidalarini buzgan futbolchi transferidan voz kechmoqchi emas
"Manchester Yunayted" hamon "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish transferini amalga oshirilishiga ishonmoqda, deya xabar bermoqda ESPN nashri.
"Qizil iblislar" angliyalik futbolchining transferini yozda asosiy maqsad sifatida qo‘ymoqda va karantin bo‘yicha so‘nggi mojarolarga qaramay, uning transferidan voz kechishmoqchi emas.
Ta’qidlanishicha, hujumkor futbolchi xizmatlariga mankunianliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda
Grilishning Aston Villa bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil iyunigacha amal qiladi. Oldinroq, futbolchi "Villa Park" mezbonlari mavsum yakunlari bo‘yicha Premer-ligada jon saqlay olmasa, klubni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi "sherlar" libosida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 9 gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar