MYu katta ziyon ko‘rdi

  • 13 sentabr, 2024, 19:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” 2023-2024 yilgi mavsum bo‘yicha moliyaviy hisobotini taqdim qildi. Unga ko‘ra, klub 113,2 million funt miqdorida ziyon ko‘rgan. 

Tecno

E’tiborli jihati shundaki, “Manchester Yunayted” qatorasiga besh yildan beri mavsumni katta zarar bilan yopyapti. 
Xususan, klub 2023 yilni 28,7 million funt, 2022 yilni esa 115,5 million funt moliyaviy zarar bilan yakunlagan. Umumiy hisobda, manchesterliklar besh yilda 370 million funtdan ortiq manfiy ko‘rsatkich qayd etdi. 

Shunga qaramay, “Manchester Yunayted”ning o‘tgan mavsumda ishlab topan puli rekord darajaga chiqdi va 661,8 million funtni tashkil qildi. Bu maoshlar fondini 10 foizga ko‘tarib, 364,7 million funtgacha oshirish imkonini berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!