MYu Koutino uchun "Barselona"ga qancha taklif qilmoqchi?

  • 11.03.2019 11:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoning transferi borasida taklif tayyorlamoqda. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” yozda 26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun “ko‘k-anor ranglilar”ga 115 mln evrolik taklif yuborishmoqchi. O‘z navbatida kataloniyaliklar o‘yiniga moslashib keta olmayotgan Koutino ham APLga qaytish istagini bildirmoqda. MYu esa aynan mana shundan foydalanib qolmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Koutinoni 2018 yilning yanvarida “Liverpul”dan 135 mln evroga sotib olgan edi. U joriy mavsum jami 39ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!