
MYu lideriga uch da’vogar chiqdi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba mavsum yakunlanishi bilan jamoasini tark etadi. Frantsiyalik yulduz manchesterliklar bilan yangi bitim tuzmoqchi emas.
Ayni paytda tajribali o‘yinchiga takliflar kela boshladi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Real”, “Yuventus” va PSJ qimmatbaho o‘yinchini o‘z safiga chorlamoqda.
Bu jamoalar ichida Turin klubi Pogbaga yaxshi tanish. Pol manchesterliklar safiga aynan “Yuventus”dan o‘tgan.
PSJning ustunligi moliyaviy tomonda o‘z aksini topadi. Parijliklar har qanday futbolchining moliyaviy talabini qondira oladi.
Pogbaning o‘zi faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q. U joriy mavsumda jami 23 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar