MYu Madrid klubidan himoyachi sotib olmoqchi

  • 7 dekabr, 2020, 11:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" qanot himoyachisi Kiran Tripper kelayotgan transfer oynasi vaqtida "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin.

Tecno

Mankunianliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher qanotda Aaron Van-Bissakaga raqobatchi bo‘lishi uchun 30 yoshli futbolchini Premer-ligaga qaytarmoqchi. Van-Bissaka joriy mavsumda 15 ta o‘yinda maydonga tushib ulgurdi va ikkita o‘yinda zaxirada qoldirildi.

Angliyalik futbolchi "Manchester Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida u "Barnsli", "Byornli" va "Tottenxem" klublarida to‘p surgan. Uning "Atletiko" bilan shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadi.

Tripper La Liga bahslarining joriy mavsumida 10 ta o‘yinda 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!