MYu muxlislari uchun xushxabar

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherning xabaricha, himoyachi Xarri Maguayr APL 22-turi "Norvich"ga qarshi o‘yinda jamoasigi yordam berishi mumkin ekan.

"Xarri ertaga maydonga tushishi mumkin. Uning jarohati jiddiy emas edi, bugun u mashg‘ulotlarda ishtiroq etdi.

Bu ajablanarli holat emas, u jangchi va agar uning jarohati jiddiy bo‘lmasa, maydonga tushish uchun barcha ishni qiladi.

"Vulverhempton"ga qarshi o‘yinning tanaffusida u o‘zini noqulay his qildi, "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvda esa maydonga tushishi mumkin edi, ammo jismoniy holatini to‘liq tiklashga ulgurmadi. Biroq bugun unda maydonga tushish imkoniyati bor", - deydi Sulsher.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!