
MYu Onana o‘rniga La Ligadan boshqa darvozabon topib qo‘ydi
"Manchester Yunayted" klubi yozda darvoza chizig‘ini yangilamoqchi. Shu sabab rahbariyat "Real Sosedad" vakili Aleks Remironi sotib olishni istayapti.
"Marca" nashrining xabar berishicha, Andre Onananing "qizil iblislar"dagi kelajagi xavf ostida turibdi. U yangi mavsum zaxirada qolishi va hatto, sotib yuborilishi ham mumkin.
Ayni vaqtda Remironing tovon puli 70 million evroni tashkil etadi. "Transfermarkt" portali uning bahosini 25 million evroga baholagan.
Fikrlar