MYu o‘ziga hujumchi izlamoqda, ular orasida Sanches, Vardi va Chicharitolarning nomzodi bor

  • 12 yanvar, 2018, 10:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi qishki transferlar davrida o‘z tarkibini hujumchi bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

The Telegraph nashrining yozishicha jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuni Zlatan Ibragimovich hamda Romelu Lukakularning yaxshi formada emasligi yoqmayapti. Markus Reshford va Antoni Marsyallarga esa u qanot futbolchsi sifatida qaramoqda. Shu bois portugaliyalik mutaxassis davralar oralig‘ida jamoasiga markaziy hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda.

Unga ko‘ra MYu Aleksis Sanches («Arsenal»), Jeymi Vardi («Lester») va Xaver Ernandes («Vest Xem») kabi futbolchilarning nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu uch futbolchining orasida eng qimmati shubhasiz Jeymi Vardidir. Boisi, “Lester” o‘z to‘purarini 35 mln funtdan kamiga sotmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” ayni damda Angliya premer-ligasining o‘tgan 22ta tur yakunlariga ko‘ra 47 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!