
MYu Pogba bilan shartnoma uzaytirishni istamoqda
"Manchester Yunayted" vakillari yaqin kunlarda Pol Pogbaning agenti Mino Rayola bilan uchrashadi.
MYu 26 yoshli futbolchi bilan yangi bitimga kelishishni istamoqda.
Pogbaning inglizlar bilan 2 yilik kelishuvi bor va uni yana bir yilga uzaytirishi ham mumkin.
Manchesterliklar futbolchi bilan uzoq muddatlik shartnoma imzolashni istamoqda.
Klub prezidenti Vudvordning Rayola bilan munosabatlari yaxshi va shundan foydalanib shartnomaga kelishishga umid qilishmoqda, garchi Pogba "Real"ga ketishni istasa ham.
Fikrlar