
MYu rahbariyati De Xeani jamoada olib qolish yo‘lini topgan ko‘rinadi
"Manchester Yunayted" klubi darvozabon David De Xea bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turipti, - deb xabar berdi "Sky Sports".
Manbaning ma’lum qilishicha, klub rahbariyati ispaniyalik darvozabonni olib qolish uchun unga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. De Xeaning amaldagi shartnomasiga ko‘ra haftasiga 240 ming funt sterling oladi. Yangi shartnomaning shartlariga ko‘ra, ispaniyalik posbon haftasiga 415 ming funt sterling olishi belgilab qo‘yilgan. Bu uni dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi darvozaboniga aylantiradi. Amaldagi shartnomaga ko‘ra De Xea 2020 yilning yoziga qadar klub darvozasini himoya qilishi kerak.
O‘tgan mavsum David De Xea MYu safida 38 ta o‘yinda maydonga tushgan. Davidga PSJ tomonidan qiziqish mavjud.
Fikrlar