MYu rahbariyati Pogbaga ultimatum qo‘ydi

  • 11.03.2018 18:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” rahbariyati xavbek Pol Pogbaga ultimatum qo‘ydi.

The Independent nashrining xabar berishicha, rahbariyat Pogbaga jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan munosabatlarini yaxshilashga chaqirgan. Aks holda, yarim himoyachi jamoani tark etishi mumkin.

Avvalroq xabar berganimizday, 24 yoshli futbolchiga “Real Madrid” va “Yuventus” klublari qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsumda 19 uchrashuvda maydonga tushib, 3 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan va 10ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!