MЮ rahbariyati yangi bosh murabbiy qidirishga kirishishdi
"Manchester Yunayted" rahbariyati yangi bosh murabbiy haqida muzokaralar olib borish uchun Germaniyaga boradi. Indykaila News’ning X ijtimoiy tarmoғidagi xabariga ko‘ra, klub rahbarlarining tashrifi kelasi haftaga rejalashtirilgan. Safardan maqsad — kelgusi mavsum uchun bosh murabbiylikka nomzodlarni muhokama qilishdir.
Uchrashuvlar tafsilotlari va ishtirokchilarning ismlari sir saqlanadi, biroq muzokaralar joyi sifatida Germaniyaning tanlanishi "Manchester Yunayted"ning jamoaga qat’iy intizom va zamonaviy taktik yondashuvni joriy etish istagidan dalolat beradi.
Ushbu voqealar fonida murabbiy Maykl Kerrikning kelajagi noaniq bo‘lib qoldi. Uning klubdagi afsonaviy maqomi va hozirgi vaqtinchalik lavozimiga qaramay, Kerrikning doimiy lavozimga tayinlanishi endi kafolatlanmagan deb hisoblanadi. Klub rahbariyati unga bo‘lgan ishonch cheksiz emasligini bildirdi.
APLning 32 turidan so‘ng manquniyaliklar 55 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Kecha, 13 aprel kuni "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Lids Yunayted"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar