
MYu Sanchesdan qutulish uchun uning yarim maoshini to‘lab berishga ham rozi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida hujumchi Aleksis Sanchesdan qutulmoqchi.
Biroq, chililik futbolchining yuqori maoshi sabab aksariyat klublar uni sotib ololmasliklari mumkin. Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra MYu rahbariyati uni sotib oladigan xorij klubiga futbolchi maoshining teng yarmini to‘lab berishga ham tayyor. Bu Aleksisni ijaraga olishni xohlagan jamoalarga ham tegishlidir.
Ta’kidlash kerakki, Sanchesning ayni damdagi yillik maoshi 26 mln funtni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, MYu Sanchesni 2018 yilning yanvarida 45 mln evro evaziga “Arsenal”dan sotib olgan edi. 30 yoshli futbolchi joriy mavsum 19ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar