
MYu Sanchoni boshqa ijaraga bermaydi!
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa vingeri Jeydon Sanchoni boshqa ijaraga bermoqchi emas. Erik ten Xag bilan mojaro tufayli 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumning birinchi yarmida jamoadagi o‘rnini yo‘qotgan, yanvarda esa o‘yin amaliyoti uchun Dortmundning "Borussiya"siga ijaraga berilgandi.
Nemis grandi angliyalik futbolchini sotib olishga qiziqish bildirishgan, biroq “Manchester Yunayted” futbolchiga taxminan 45-50 million evro mablag‘ so‘rashidan cho‘chigan. Shu bilan birga, jurnalist Patrik Bergerning so‘zlariga ko‘ra, “qizil iblislar” rahbariyati Sanchoni yana ijaraga berish variantlarini ko‘rib chiqmaydi. Ular futbolchini faqat to‘liq transfer qilishi mumkin.
Jeydon Sancho yaqinda Erik ten Xag bilan o‘zaro kelishmovchilikni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi, ammo futbolchining jamoada qolishi hali ham so‘roq ostida. Unga "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar