
MYu short-listiga yana ikkita futbolchini qo‘shib qo‘ydi
"Manchester Yunayted" klubi "Brentford" hujumchisi Brian Mbemo o‘rniga ko‘rib chiqayotgan boshqa futbolchilar ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Mbemo "Tottenxem"ga o‘tishga yaqin turibdi.
ESPN xabariga ko‘ra, agar "Manchester Yunayted" Mbemoni qo‘lga kirita olmasa, klub diqqatini "Bornmut" futbolchisi Antuan Semeno va "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Eberechi Ezega qaratadi.
Nufuzli Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli Semenyo 40 million evroga baholangan. 26 yoshli Ezening bozor qiymati esa 55 million evroga teng.
O‘tgan mavsumda "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasini 15-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar