MYu Sulsherga yangi futbolchilar sotib olishi uchun qancha mablag‘ ajratadi?

  • 8 aprel, 2019, 14:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherga mavsumlar oralig‘ida tarkibni kuchaytirish uchun 200 million funt (taxminan 230 million evro) ajratadi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra norvegiyalik mutaxassis ushbu pullarga Jeydon Sancho (“Borussiya D”), Kallum Xadson-Odoi (“Chelsi”) va Deklan Rayslarni (“Vest Xem”) sotib olishni rejalashtirmoqda. Biroq, MYu xo‘jayini Ed Vudvord jamoaga “Vest Xem” futbolchisidan ko‘ra Kalidu Kulibali (“Napol”) yoki Rafael Varandan (“Real”) birini olib kelmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Ule-Gunnar Sulsher “Manchester Yunayted”ni 2018 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. U yaqindagina jamoa bilan to‘laqonli shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!