MYU topgan hujumchi jamoaga shart qoʻydi
"Manchester Yunayted" hujum chizigʻini kuchaytirish maqsadida "Brayton" futbolchisi Kaoru Mitoma bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqida "TEAMtalk" nashri maʼlum qildi.
Manba maʼlumotiga koʻra, yaponiyalik hujumchi "qizil iblislar" safida asosiy tarkibdan joy kafolatlansa oʻtishga tayyorligini maʼlum qilgan. MYu Mitomani jamoaga koʻproq foyda keltiradi deb hisoblamoqda.
28 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 30 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozida yakuniga yetadi.
Maʼlumot uchun, vinger joriy mavsum "chaykalar" safida 12 ta uchrashuvda maydonda harakat qildi. Shu bellashuvlarda u 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishdi.
Fikrlar