
MYu uning "Chelsi"ga o‘tib ketmasligini xohlamoqda
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa darvozaboni Din Xendersonga yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra “qizil iblislar” 23 yoshli posbonning yillik maoshini 6 mln evroga oshirishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2022 yilga qadar imzolangan. Biroq, Din “qizil iblislar” safida De Xeaning soyasida qolib ketayotgani sabab unga qiziqish bildirayotgan “Chelsi”ga o‘tishni rejalashtirmoqda. Uni tarkibda saqlab qolish uchun MYu aynan yangi kelishuv taklif qildi. Agar u bunga ko‘nmasa, yana ijaraga berib yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, Xenderson joriy mavsumni “Sheffild Yunayted” safida ijarada o‘tkazmoqda. U 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 24 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar