MYu va "Arsenal"ni tortayotgan futbolchilar, "Chelsi" sotib olgan jahon chempioni va ukrainalik futbolchi. APLda narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar e’lon qilindi

  • 17 mart, 2023, 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol transferlari haqidagi nufuzli resurs - Transfermarkt portali Angliya Premer-ligasi futbolchilarining yangilangan narxini e’lon qildi. Portal yangilangan reytingda narxi eng ko‘r oshgan futbolchilar ro‘yxatini ham ma’lum qildi.

Tecno

Ushbu reytingning birinchi pog‘onasidan "Chelsi"ning qishki transferlarda xarid qilgan yangi futbolchisi Entso Fernandes joy oldi. Argentinalik yosh yulduzning narxi 30 million evroga ko‘tarilib, hozirda 85 millionga etdi. Ikkinchi o‘rinda “Manchester Yunayted” hujumidagi asosiy kuch Markus Reshford qayd etildi. Angliyalik futbolchining narxi 25 millionga ko‘tarildi va hozirda 80 million evroga etdi. Xuddi shuningdek, “Arsenal” sardori Martin Edegorning transfer narzi ham 20 millionga qimmatlab, 80 millionga chiqqan.

To‘rtinchi o‘rin "Chelsi"ning yana bir yangi futbolchisi Mixail Mudrikga tegishli. Ukrainalik futbolchining narxi 20 million evroga oshgan, natijada u endi 60 millionga baholanmoqda. Beshinchi o‘ringa "Manchester Yunayted"ning yosh yarim himoyachisi Alexandro Garnacho loyiq ko‘rildi.  U ham 20 millionga qimmatlashdi va hozirda uning transferi 25 million turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!